O‘zbekiston oltinlari qaysi davlatlarda saqlanmoqda?

O‘zbekiston oltinlari qaysi davlatlarda saqlanmoqda?

Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi va so‘nggi (yagona) Davlat kotibi Rahim Rajabovich O‘zAga bergan intervyusida mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistondan qazib olingan oltin miqdori, u saqlanayotgan davlatlar nomlari va shu kabi ba’zi sirlarni oshkor qildi.

Bir voqeani aytay. Mustaqilikka endigina bir yarim-ikki yil chamasi bo‘lgan edi. Men Zarafshonga bordim: 10 oyda 10-15 tonna oltin kam qazib olingan ekan. Ular (ya’ni kon rahbarlari) otdan tushsayam, egardan tushmagan vaqtlar. Bizga bo‘ysunmaslik holatlariyam bor edi, hammasi sabotaj qiluvchi, quloqlari ana u yoqqa (Moskva tomonga) qaragan edi. Shular bilan masalani qattiq muhokama qildik. Men Oltin bizniki, u avval bizning xazinaga tushadi. Shundoq bo‘lgach, uning hisob-kitobini ham to‘g‘rilab qo‘yinglar. Agar sizlar biz ketib, o‘zbeklar oltinni qanday qilib qazib oladi, konlarni qandoq ishlatadi, desangiz, adashasiz. U chirimaydi. Qachon qazib olishga qurbimiz yetsa, o‘z kadrlarimiz yetishib chiqsa qazib olamiz. Unga qadar yer ostida yotaveradi , deya qat’iy aytganman.

Boshlanish davrlarida yiliga 50-60 tonna olinardi. Hozir 2-3 marta ko‘payib ketgan. U paytda bittagina zavod, ya’ni GMZ-1 bor edi, hozir shunaqa zavoddan uchtasi ishlaydi.

Shunday sirlar borki, uni 20 yilda, ba’zilarini esa 25 yilda ochish mumkin. Ularni vaqtidan oldin gapirib qo‘yish qonun oldida javobgarlik. To‘g‘ri, bilaman, lekin ularni oshkor etish vaqti kelgani yo‘q. Bir narsani ayta olamanki, O‘zbekiston oltinlari Angliyada ham, Shveysariyada ham, hatto Amerika banklarida ham bor...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!