O‘zbekiston nega bu qadar ko‘p oltin sotmoqda?

O‘zbekiston nega bu qadar ko‘p oltin sotmoqda?

Iqtisodchi Anton Shabanov nega qator davlatlar faol ravishda oltin sotishi-yu, boshqa davlatlar bu oltinni katta hajmlarda sotib olishlari haqida gapirdi.

World Gold Council ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning birinchi choragida O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Respublika 6,2 tonna qimmatbaho metall sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichda ikkinchi o‘rin Mo‘g‘uliston(3,4 tonna)ga tegishli bo‘lsa, uchlikni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston yakunlagan.

Anton Shabanovning aytishicha, faol oltin savdosi davlat o‘z oltin-valyuta zaxiralarini isloh qilayotgani yoki uning moliyaviy ko‘makka muhtojligidan dalolat beradi.

Ekspert fikriga ko‘ra, murakkab iqtisodiy vaziyatda turgan ko‘plab mamlakatlarda xuddi shunday tendensiya kuzatiladi. Bu holatda davlatlar zaxiraning bir qismini sotadilar va tushgan mablag‘larni o‘zlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sarflaydilar.

Oltin - bu xatardan qochishdir, ayni sharoitda esa bu siyosiy xatardan qochish hisoblanadi. Axir bu qimmatbaho metallni narxlar beqarorligiga qaramasdan hamisha xarid qilish va sotish mumkin , - dedi Shabanov.

Joriy yil fevral-mart oylaridan oltin narxi arzonladi, chunki pul tikishning yanada qiziqarli va daromadli instrumentlari topilmoqda, ammo bu holat hamisha o‘zgarib turadi, deb ta’kidladi ekspert.

Shabanovning to‘liq izohini quyida rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!