O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 23 yilga qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 23 yilga qamaldi

Rossiyaning Samara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Adhamxon Ahmedovga sud hukm chiqardi. U 23 yil ozodlikdan mahrum qilindi.
 
Adhamxon Ahmedov jazoning dastlabki 5 yilini qamoqxonada, qolgan muddatni qattiq rejimdagi koloniyada o‘taydi.
 
Jinoyatchi Samara viloyati hududida noqonuniy yashagan. Uni ekstremistik harakatga aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga olishga urinishganda, ikki nafar polisiya xodimini pichoq bilan jarohatlab, qochib ketgan.
 
Voqea o‘tgan yili 2 avgustda ro‘y bergan. Ahmedov joriy yil yanvar oyida Saratov viloyatida qo‘lga olingan.

Adhamxon Ahmedov Rossiya hududida aynan nima ish bilan shug‘allanganini aniqlashga Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Samara viloyati boshqarmasi yordam bergan. Ma’lum bo‘lishicha, yosh yigit ISHID g‘oyalarini targ‘ib qilgan.
 
Adhamxon Ahmedov Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 317-, 205.5-, 205.1-, 282-, 205.2-moddalarining turli qismlari bilan aybdor deb topilgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!