O‘zbek qizlarini Turkiyaga sotish bilan shug‘ullanib kelgan guruh ushlandi

O‘zbek qizlarini Turkiyaga sotish bilan shug‘ullanib kelgan guruh ushlandi

Navoiy viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

D. G. Turkiyadagi Dilnoza ismli tanishi bilan jinoiy til biriktirib, Navoiy viloyatidan qiz va juvonlarni Istanbul shahriga jo‘natib turgan. U Xatirchi tumani, «Qoracha» MFY yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan X.CH. hamda Navoiy shahrilik 1991 yilda tug‘ilgan YU. R.ni Dilnozadan olgan aviachipta bilan Toshkent xalqaro aeroporti orqali jo‘natmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan D.G.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Fuqaro D.G.ga 2016 yil Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, 2017 yil jazoning o‘tolmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan edi. Bag‘rikenglikdan tegishli xulosa chiqarmagan D.G. endi o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lishi uchun yetarli muddatni olishi aniq«, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!