O‘tgan yilning o‘zida xorijiy investisiyalar hajmi qariyb ikki barobar ko‘paydi

O‘tgan yilning o‘zida xorijiy investisiyalar hajmi qariyb ikki barobar ko‘paydi

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Energetika sohasida “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren”, “Voltalia”, “Ҫalɩk” va “Aksa”; kimyo sanoatida “Air Products”, “Indorama” va “Kamse”, tog‘-kon va metallurgiyada – “Orano” va “DANIELI”, avtomobilsozlik va elektrotexnika yo‘nalishlarida “BYD”, “Kia” va “Samsung”, qurilish sohasida “Koҫ” va “KNAUF” kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300 dan ortiq investisiya va sanoat loyihalari ishga tushirilgani va yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratilgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Bugungi forum doirasida dunyoning ilg‘or kompaniyalari hisoblangan “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA holding” va boshqa sheriklar ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beriladi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari bu ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan xorijiy investorlarga, barcha hamkorlarga chuqur va samimiy minnatdorlik izhor etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!