O‘tgan yilda davlat organlarida ishlovchi 3050 nafar xodim tomonidan korrupsion jinoyat qayd etilgan

O‘tgan yilda davlat organlarida ishlovchi 3050 nafar xodim tomonidan korrupsion jinoyat qayd etilgan

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koorupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ma’lum qildi.

🔰 Qayd etilishicha, o‘tgan yilda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 26 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda ushbu hujjatlarning 8 tasi qabul qilingan.

2021 yilda Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi buzilganligi bilan bog‘liq 142,7 mlrd so‘m miqdoridagi moddiy zarar yetkazilgani bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilning o‘tgan 12 oyi mobaynida 6 294 nafar shaxs tomonidan 7 953 ta korrupsion holat bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan.
Shundan, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga oid 3 050 nafar shaxs tomonidan 4 186 ta korrupsion holat bilan bog‘liq jinoyatlar hisobga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!