Urushni qo‘llab-quvvatlagan taniqli aktrisaga qarshi "isyon" boshlandi

Urushni qo‘llab-quvvatlagan taniqli aktrisaga qarshi "isyon" boshlandi

Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilib, yadro quroliga ega ikki qo‘shni davlat o‘rtasida keskinlik yuzaga kelgan paytda hindistonlik aktrisa Priyanka Chopraning "urushni qo‘llab-quvvatlash" munosabati sababli uning BMTning yaxshi niyat elchisi lavozimidan chetlatilishini so‘radi.

YUNISEF ijrochi derektori Genriyetta Xolsman Forega yozgan maktubda Pokiston inson huquqlari bo‘yicha vaziri Shirin Mazari 37 yoshli aktrisani Hindiston boshqaruvi ostidagi Kashmirda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining millatchi hukumatini ommaviy tarzda maqullaganlikda aybladi.

Shu oyning boshida Hindiston hukumati aholisining katta qismi musulmon bo‘lgan Kashmirning avtonomiyasini bekor qildi va norozilik harakatlaridan cho‘chigan holda misli ko‘rilmagan xavfsizlikni joriy etdi.

"Uning millatchiligi,Kashmir xususida xalqaro konvensiyalar va BMT qarorining Modi hukumati tomonidan buzilishi va yadroviy urushni qo‘llab quvvatlashi BMTda o‘zi egallab turgan lavozimining ishonchliligiga putur yetkazmoqda. U bu lavozimdan olinmas ekan, BMTning tinchlik uchun yaxshi niyat elchisi g‘oyasi butun dunyoda kulgu ostiga olinadi”-deb izoh bermoqda Mazari.

2010 va 2016 yillarda YUNISEFning yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan Chopra Kashmir bahsli mintaqasida Hindiston va Pokiston munosabatlari keskinligining kuchayishi mumkin bo‘lgan paytda, fevral oyida Tvitterda “Jai Hind [Hail India] #IndianArmedForces”  ( Hush kelibsan Hindiston #Hindiston qurolli kuchlari) izohini qoldirgan. Shundan so‘ng P.Chopra tanqidlar ostida qoldi.

P. Chopra bu izohni Hindistonning qiruvchi samolyotlari Pokiston chegarasini kesib o‘tganidan biroz o‘tib qoldirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!