Urgut tumanida tug‘ilishi rasmiylashtirilmagan 300 dan ortiq bolalar aniqlandi

Urgut tumanida tug‘ilishi rasmiylashtirilmagan 300 dan ortiq bolalar aniqlandi

Urgut tumani 1 va 2-son FHDYo bo‘limlari hodimlari tomonidan xonadonma-xonadon o‘rganish olib borilganda tug‘ilishi rasmiylashtirilmagan 300 dan ortiq bolalar aniqlangan, deya ma’lumot beradi "zarnews.uz"

Hozirgi kunda ularga belgilangan tartibda tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berilmoqda va ular haqidagi ma’lumotlar elektron FHDYo arxiv fondiga kiritilmoqda.
Ta’kidlash lozim, 2018 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik ta’minlash, "FHDYoning yagona elektron arxivi" axborot tizimini yuritish bo‘yicha vazifalar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda FHDYo organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga o‘tkaziladi. 

Ayni vaqtda viloyatimizda 22 ta FHDYo bo‘limlari mavjud bo‘lib, 1 ta "Nikoh uyi" va 1 ta viloyat FHDYo arxivi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning 1 iyunidan boshlab tajriba tariqasida Past Darg‘om tuman 1 va 2-son FHDYo bo‘limi fuqarolik holati faktlarini rasmiylashtirish yuzasidan tuman davlat xizmatlari agentligida ish olib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning ortiqcha vaqt sarflashining oldini olmoqda. 

Prezidentimizning 2018 yil 12 iyundagi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida, shu jumladan, oilaviy ajrimlar, erta nikoh, ayollar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni ishlab chiqish yagona elektron FHDYo arxivini yaratish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 17 iyun holatiga ko‘ra, viloyat FHDYo bo‘limlari tomonidan "Yagona elektron FHDYo arxivi" axborot tizimi bilan integrasiya qilish uchun yagona elektron FHDYo arxiv fondi bo‘yicha 1 million 384 ming 719 fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari raqamli ko‘rinishga o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!