Urganch fuqarosi aeroportda giyohvand modda bilan qo‘lga olindi

Urganch fuqarosi aeroportda giyohvand modda bilan qo‘lga olindi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2018 yil 5 noyabr kuni xuquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida “Toshkent-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha “Urganch” xalqaro aeroportiga uchib kelgan Urganch shahrida yashovchi U.D.ning qo‘lidagi selofan paketi ichidagi kiyimi va egnidagi kurtkasi cho‘ntagidan jami 1,62 gr. “geroin” giyohvandlik vositasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.   

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!