Ummonda kuchli yog‘ingarchilik: 18 kishi halok bo‘ldi

Ummonda kuchli yog‘ingarchilik: 18 kishi halok bo‘ldi

Kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari Fors ko‘rfazi mintaqasini qamrab oldi, Ummonda kamida 18 kishi halok bo‘ldi hamda Birlashgan Arab Amirliklariga barcha sayohatlar to‘xtatildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ummonning Samad A’SHan shahrida 16 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik keltirib chiqargan suv toshqinlari kamida to‘qqiz nafar maktab o‘quvchisi va ularning haydovchisidan iborat avtobusni oqizib ketgan. FVVga ko‘ra, qutqaruv guruhlari bedarak yo‘qolgan ikki kishini qidirishda davom etmoqda.

Bir qator viloyatlarda davlat va xususiy sektor xodimlariga ta’til berilgan, mamlakatning boshqa qismlarida esa masofaviy ishlash tavsiya etilgan. Shuningdek, aholi o‘zini xavf ostidaligini his qilsa yoki rasmiylar buni talab qilsa, xavfsiz hududlarga evakuasiya qilishga chaqirilgan.

Kuchli yog‘ingarchilik qo‘shni BAAga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Yomg‘irlar kechasi boshlanib, ko‘chalarda katta suv oqimlarini keltirib chiqargan. Butun mamlakat bo‘ylab maktablar yopilgan va hukumat xodimlari imkoni boricha masofadan turib ishlamoqda.

Bahrayn, Qatar va Saudiya Arabistonida ham kuchli yomg‘irlar kuzatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!