Ukrainadan qaytgan yollanma askarlar orasida ruhiy muammolar aniqlanmoqda – Pentagon

Ukrainadan qaytgan yollanma askarlar orasida ruhiy muammolar aniqlanmoqda – Pentagon

AQSh Mudofaa vazirligining Kolumbiya okrugidagi tahliliy markazi tadqiqotchisi Janna Mantuaning aytishicha, Ukrainadagi janglar oqibatlari Amerika harbiy hamjamiyatiga mutlaqo kutilmagan tarzda ta’sir qilishi va o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

U asosiy sabab sifatida AQShlik yollanmalarning shafqatsiz zarbalar ostida qolgani deb ko‘rsatdi. Ukrainadagi urush Iroq yoki Afg‘onistondagi urushlarga o‘xshamaydi. U yerda yollanma askarlarning ustunliklari ancha kam va ular o‘zlaridan ustun kuchga qarshi shiddatli janglarda qatnashadilar.

Ukrainadan qaytgan harbiy xizmatchilardan birining aytishicha, u ilgari hech qachon bunday qarama-qarshilikni ko‘rmagan. Rossiya ittifoqchi kuchlari oldida Tolibon* (BMT sanksiyalari ostida) shunchaki havaskor.

"Bu yerda bizni doimiy ravishda samolyotlar va dronlar bombardimon qilishmoqda. Tanklar, bronetransportyorlar, piyoda jangovar mashinalar, siz tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan hamma narsa bu yerga ko‘chirildi ...

Ular juda yaxshi jihozlangan, havo himoya kuchlari va o‘t ochish nuqtalarini bosish vositalari bor. Bu g‘alatai bo‘lsa ham, menda o‘zimizning eski dushmanimizga nisbatan hurmat tuyg‘usi paydo bo‘ldi", dedi yollanma askar.

Bundan tashqari, Mantuaning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada amerikaliklar dushmanni "insoniylikdan mahrum qilish"ga qodir emas. Yaqin Sharqda ular dushmandan "uzoqlashishi" mumkin edi. Ukrainada ular “an’anaviy dushman” obraziga mos kelmaydigan yevropaliklar bilan urushmoqda...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!