Ukrainada An-26 samolyoti qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi kursantlar

Ukrainada An-26 samolyoti qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi kursantlar

Ukrainaning Xarkov viloyatida An-26 samolyoti falokatga uchrashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi va yana 2 kishi og‘ir jarohat olgan. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Halokat 25 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 20:45 da sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 27 kishi bo‘lgan: Ulardan 7 nafari ekipaj a’zolari va 20 nafari Ivan Kojedub nomidagi Xarkov Havo kuchlari universiteti kursantlari bo‘lgan. Bu ma’lumotni Xarkov gubernatori Aleksey Kucher ham tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bort falokatdan avval chap dvigatel ishdan chiqqani to‘g‘risida xabar bergan.

Omon qolganlar samolyot qulashidan oldin sakrab qolishga ulgurgan.

Ukraina prezidentining ofisi mazkur fojia nima sababdan yuzaga kelganini aniqlash uchun davlat komissiyasi tuzilishini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, 26 sentyabr Xarkov viloyatida halok bo‘lganlar xotirasida Motam kuni deb e’lon qilingan.

«Hozirda voqea joyida harbiy prokuratura xodimlari va Davlat tergov byurosi tergovchilari ishlamoqda», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!