Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy fevral oyida ushbu lavozimga tayinlanganidan keyin ilk intervyusini berdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy fevral oyida ushbu lavozimga tayinlanganidan keyin ilk intervyusini berdi

"Ukrinform" davlat agentligi tomonidan chop etilgan maqolada bosh qo‘mondon frontdagi vaziyat, Ukraina qo‘shinlarining yangi strategiyasi va safarbarlik rejalaridagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Sirskiyning intervyusidan asosiy iqtiboslar:

◾️ Ichki resurslarimizni o‘rganib chiqib, Qurolli Kuchlarning jangovar kuchiga aniqlik kiritilgach, 500 ming kishini safarbar qilish talabi sezilarli darajada kamaytirildi. Biz Ukraina himoyasiga qodir bo‘lgan shaxslar soni yetarli darajada bo‘lishini kutamiz. Gap nafaqat safarbar etilganlar, balki ko‘ngillilar haqida ham ketmoqda;

◾️ Maqsadimiz hududlarimizni yo‘qotishning oldini olish, dushmanga maksimal darajada yo‘qotishlar yetkazish, hujumkor harakatlar uchun zaxiralarni shakllantirish va tayyorlashdir;

◾️ Rossiya Donesk va Lugansk viloyatlarining ma’muriy chegaralarigacha kelish, Zaporoje viloyatida Dnepr daryosining chap qirg‘og‘ida Ukraina Qurolli kuchlarini orqaga surishni rejalashtirmoqda;

◾️ Ayrim hududlarda vaziyat keskinligicha qolmoqda, ammo nazorat qilish mumkin. Rossiya Federasiyasi katta yo‘qotishlar bilan ommaviy hujumlar taktikasini davom ettirmoqda, ammo uning kichik yutuqlari faqat taktik ahamiyatga ega;

◾️ Rossiya askarlar soni, qurol-yarog‘ bo‘yicha ustunlikni saqlab qolmoqda. Otilgan o‘q-dorilarning nisbati 6:1 ni tashkil etmoqda;

◾️ Rossiya aviasiya faoliyatini sezilarli darajada oshirdi va Ukraina pozisiyalarini yo‘q qilish uchun o‘ta kuchli bombalardan foydalanmoqda;

◾️ Ukraina Qurolli Kuchlari qurollar soni bilan emas, balki aniqlik orqali kurashmoqda. Ayniqsa dronlarlarning afzalliklaridan maksimal darajada foydalanishga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!