O‘g‘lining mashmashalari ortidan Olmaliq shahar hokimi ishdan olindi

O‘g‘lining mashmashalari ortidan Olmaliq shahar hokimi ishdan olindi

Bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahriga Xamdamov Qobil Murotkulovich hokim etib tayinlandi. Bunga qadar u Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari edi.

Yig‘ilishda avvalgi shahar hokimi Usmon Rahimovning o‘z shaxsiy hayotiga ham e’tiborli bo‘lishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishi lozimligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Olmaliq shahar hokimining o‘g‘li mashinani katta tezlikda haydab, videosini TikTok servisiga yuklagani, shuningdek bir guruh o‘rtoqlari bilan katta yoshli inson va uning o‘g‘lini do‘pposlab, bezorilik qilganiga oid voqealar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!