Uchinchi jahon urushi qayerdan boshlanishi mumkinligi aytildi

Uchinchi jahon urushi qayerdan boshlanishi mumkinligi aytildi

AQShda chop etiladigan The Sun gazetasi uchinchi jahon urushi duyonning qayerlaridan va qanday boshlanishi mumkinligiga bag‘ishlangan xaritani e’lon qildi.

Mualliflarning fikricha, jahon urushi Xitoy da’vogarlik qilayotgan Tayvan oroli uchun janglardan, Hindiston va Pokiston o‘rtasida bahsli hududi hisoblanuvchi Kashmirdan, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari akvatoriyasidagi Xo‘rmuz bo‘g‘ozidan, Shimoliy Koreya va AQShning bir-biriga yadroviy raketa otishidan boshlanishi mumkin.

Bundan tashqari global urush Turkiya va Suriya o‘rtasidagi nizodan, Eron va Isroil o‘rtasidagi yadroviy urushdan ham boshlanishi mumkinligi taxmin qilindi.

Biroq mualliflar AQSh va Xitoyning Tayvan uchun qarama-qarshiligini eng katta ehtimol sifatida tilga oldi.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Pekin va Vashington hamkorligi butun dunyoga foyda keltirishini, ikki davlat o‘rtasidagi urush esa butun dunyoni xavf ostiga qo‘yishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!