«U yosh bolalarni zo‘rlamagan»: Maykl Jeksonning oilasi telekanal bilan sudlashmoqchi

«U yosh bolalarni zo‘rlamagan»: Maykl Jeksonning oilasi telekanal bilan sudlashmoqchi


NBO telekanali mart oyining boshlarida, kichik yoshlilarni aldashda ayblangan shaxsning yangi ayblovlari haqida film namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Taniqli qo‘shiqchi Maykl Jeksonning oilasi NBOdan 100 million dollar talab qildi. Bunga telekanalning mart oyida Neverlandni tark etish hujjatli filmini namoyish etishga qaror qilgani sabab bo‘lmoqda. Filmda marhum pop yulduzining yosh bolalarning nomusiga tekkani hikoya qilinadi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

Jeksonlar oilasining da’vosi allaqachon Los-Anjeles (Kaliforniya) Oliy sudiga topshirildi. Qo‘shiqchining oilasi telekanalni shartnoma shartlarini buzishni istagida ekanlikda ayblamoqda (1992 yilda kanal bilan shartnoma imzolangan edi). Shartnomaga ko‘ra, telekanal 2009 yilda vafot etgan xonandaning sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilmasligi kerak.

Jeksonlar oilasi 10 yildan oshiq vaqt mobaynida sodir etilgan bunday ayblovlarni chuqur o‘rganib chiqdi va qo‘shiqchining aybsiz ekanligiga ishonch hosil qildi. Shu nuqtai nazardan, da’vogarlarga ko‘ra, NBO tarqatishni mo‘ljallagan ma’lumotlar yolg‘ondir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!