Turkmaniston delegasiyasi O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatini e’tirof etmoqda

Turkmaniston delegasiyasi O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatini e’tirof etmoqda

Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Turkmanistonning “Biznes” nashri Toshkent xalqaro investisiya forumida turkmanistonlik tadbirkorlar ham ishtirok etayotgani haqida yozdi. Maqolada ushbu anjuman Markaziy Osiyo bozoriga chiqish uchun qulay yo‘l ekani qayd etilib, O‘zbekistondagi biznes yo‘nalishlarini o‘rganish, tadbirkorlarning yangi avlodini shakllantirishda ishtirok etish, logistikani rivojlantirishga asoslangan loyihalar amalga oshirish, ishbilarmon doira va hukumat idoralari bilan muloqot o‘rnatish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi e’tirof etilgan.

Muallif Forumning yalpi sessiyasida ishtirok etayotgan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vise-prezidenti Javdat Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa hamda boshqa yuqori martabali ishtirokchilar Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqida tilga olingan har bir tashabbus va loyihani to‘liq amalga oshirishda hukumat tarafidan yaqindan yordam berilishini olqishlaganini urg‘ulagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!