Turkiyada zilzila yuz berdi

Turkiyada zilzila yuz berdi

Turkiyada 3,9 magnitudali zilzila yuz berdi.

Bu haqda Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bolu viloyatida mahalliy vaqt bilan 7:31 (Toshkent vaqti bilan 9:31) da 3,9 magnitudali zilzila qayd etilgan. Zilzila episentri Mesjijele qishlog‘i yaqinida, zilzila o‘chog‘i 6 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Shundan bir necha daqiqa o‘tgach, Chukurren qishlog‘i yaqinida 3,1 magnitudali zilzila qayd etildi.

Er silkinishlari sezildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!