Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini 10-qavatdan pastga tashladi. U halok bo‘ldi (VIDEO)

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini 10-qavatdan pastga tashladi. U halok bo‘ldi (VIDEO)

Turkiyaning Izmir shahri, Qarshiyak tumanida o‘zbek millatiga mansub ayol 10-qavatdan sakrab, halok bo‘ldi. Bu haqda haberler.com xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, psixologik muammolarga duch kelgan 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 14:00 atrofida Izmirning Qarshiyak shahrida joylashgan ko‘p qavatli binolardan birining 10-qavatidan o‘zini pastga tashlagan. U Bakirchoy universiteti kasalxonasiga yotqizilgan, ammo og‘ir jarohatlari natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni damda ushbu hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!