Turkiya SHHT sammitida ishtirok etgani uchun Yevropa Ittifoqiga hisobot berish niyatida emas – Erdo‘g‘an

Turkiya SHHT sammitida ishtirok etgani uchun Yevropa Ittifoqiga hisobot berish niyatida emas – Erdo‘g‘an

Avvalroq germaniyalik deputat Yurgen Trittin Turkiyaning SHHTga a’zo bo‘lish istagi Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan “javobsiz qolmasligi”ni aytgan edi.

Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi Turkiyaning o‘z safiga qo‘shishni yarim asrdan ko‘proq vaqtdan beri to‘xtatib kelayotganini eslatdi.

“Evropa Ittifoqi unga yaqinlashishga yo‘l qo‘ymay bizni 52 yil ushlab turar ekanda va keyin: “Nega u bu davlat bilan uchrashdi, nega boshqasi bilan uchrashdi?” deb so‘rar ekan. Men muzokaralar olib boraman. Ayni damda Yevropa Ittifoqi oldida javobgar emasman”, – dedi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Turkiya prezidenti Anqaraning SHHTga a’zo bo‘lish istagi borligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!