Turkiya qishda gaz bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydi, omborxonalar deyarli to‘la
Bu haqda mamlakat energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Donmez ma’lum qildi.
Turkiyaga asosiy gaz yetkazib beruvchilar Rossiya, Ozarbayjon va Erondir.
"Ta’minotchilar jo‘natish rejasini bajarsa, tabiiy gaz ta’minoti xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaymiz. Bizning omborlarimiz deyarli to‘lgan", - deya uning so‘zlarini keltiradi Yeni Şafak.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)