Turkiya Islomga kirgan Mayya musulmonlariga quvonch bahshida etdi

Turkiya Islomga kirgan Mayya musulmonlariga quvonch bahshida etdi

Turkiya Bosh vaziri departamentlaridan biri bo‘lgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi Meksikadagi etnik musulmonlarga yordam qo‘lini uzatdi.

Meksikaning musulmon aholisi bir necha o‘n yillar oldin islomni qabul qilgan hindularning avlodlari yashaydigan Chiapas shtatining qishloq hududida joylashgan. Bu haqda IslamNews Daily Sabah telekanaliga tayanib xabar bermoqda.

Bu uzoq mintaqada hindu musulmonlar past malakali mehnat bilan band va kam daromadga ega bo‘lib, ularning aksariyati sayyohlarga sotiladigan milliy liboslarni tikish bilan mashg‘ul. Ushbu jamoaning ahvolini o‘rganib chiqqan Turkiyadagi agentlik Chiapas musulmonlariga tikuv mashinalarini va sigirlar podalarini taqdim etdi.

Hindu muslima ayollar uchun yangi jihozlar yordamida tikuv sexi tashkil etildi va endi ularda ko‘proq foyda olish imkoniyati mavjud bo‘ldi Ta’kidlash joizki, San-Kristobal-de-las-Kasas yaqinidagi tog‘li hududida, taxminan, 400 nafar musulmon - sosili - hindularning Maya xalqi yashaydi.

Bu mintaqada Islomga ommaviy chaqiriqlar 1980-yillarda boshlangan va endi islomga nafaqat yangi musulmonlar, balki ularning "etnik" musulmonlar sifatida tug‘ilgan farzandlari va nevaralari ham e’tiqod qiladilar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!