Turkiya Yevropa uchun "qochoqlar ombori" bo‘lmaydi — Erdog‘an

Turkiya Yevropa uchun "qochoqlar ombori" bo‘lmaydi — Erdog‘an

Evropa qochqinlar uchun o‘z chegaralarini yopishni to‘xtatishi kerak, chunki Turkiya "qochqinlar ombori" emas, dedi Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘an. Uning so‘zlarini "Hurriyat" gazetasi yozmoqda.

"Millionlab odamlarning diqqat markaziga aylangan Yevropa o‘z fuqarolarining farovonligini himoya qilish uchun chegaralarini yopib, bu muammodan chetda qololmaydi. Bu yondashuv bilan Yevropa umuminsoniy qadriyatlardan yuz o‘giradi. Turkiya Yevropaning qochqinlar ombori bo‘lishi shart emas”, - dedi Erdog‘an.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning yetti oyida Turkiya hukumati 77 ming noqonuniy muhojirni qo‘lga olgan. Shu bilan birga, so‘nggi uch yil mobaynida noqonuniy muhojirlarning qariyb yarmi Afg‘onistondan kelgan muhojirlar, dedi Turkiya rahbari.

"Biz bilamizki, hozirda mamlakatimizda 300 mingga yaqin afg‘onistonlik yashaydi", deb qo‘shimcha qildi Erdog‘an.

Shu bilan birga, Turkiya prezidenti suriyaliklarga alohida munosabat bildirgan.

"Albatta, bu odamlar bizning mamlakatimizda qoladi, tilimizni o‘rganadi, kasbiy mahoratini oshiradi va ijtimoiy uyg‘unlikni ta’minlaydi", dedi Erdog‘an. Buni qilmaganlarni Turkiya hukumati haydab chiqaradi, dedi davlat rahbari.

15 avgust kuni Turkiyada suriyalik qochqinlar va mahalliy aholi o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Bir turkning o‘limiga olib kelgan pichoqlashdan keyin tartibsizliklar boshlandi. Mahalliy aholi mashinalarga o‘t qo‘yib, qochqinlarning uylariga tosh otishni boshladi. Qurbonlar orasida bolalar ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!