Tun kulgisi!.. (14-qism)

Tun kulgisi!.. (14-qism)

— Dugonajon, nega ering kechqurunlari tez-tez uydan ketib qolaveradi?

— Sho‘rlik uyda yolg‘iz o‘tirishni yoqtirmaydi-da!

 

* * *

 

Er xotinidan so‘radi:

— Bunday uzundan uzun xatni kim yozibdi senga?

— Shahardagi dugonam.

— Nima deb yozibdi o‘zi?

— «Qolgan gaplarni uchrashganimizda gapirib beraman» debdi.

 

* * *

 

— Dadasi, mabodo men daryoga cho‘kib ketsam, nima qilardingiz?

— Shahar markaziga chopib borib «Tez yordam» chaqirib kelardim.

— Voy, shahar markazi uzoq-ku! Ulgurmaysiz-ku!

— Jonim, men sen uchun undan ham uzoqroqqa chopib borishga tayyorman!

 

* * *

 

Xotini uyga kech kelgani uchun urishavergach, er unga qarab baqirdi:

— Jim bo‘l! Menga baqirma! Uxla!

— Uxlayman, lekin jim bo‘lmayman!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!