Tug‘ruqxonada birovning chaqalog‘ini uchinchi qavatdan uloqtirgan ayol haqida ma’lumot berildi

Tug‘ruqxonada birovning chaqalog‘ini uchinchi qavatdan uloqtirgan ayol haqida ma’lumot berildi

Boshqirdiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir kun oldin Sterlitamak shahridagi tug‘ruqxonaning derazasidan boshqa birovning chaqalog‘ini tashlab yuborgan ayolning tashxisi haqida gapirib berdi.

"Boshqirdiston" Davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, yozda bemorga "depressiya" tashxisi qo‘yilgan va u dispanser kuzatuvida bo‘lgan. Bir oy oldin u qoniqarli holatda qo‘yib yuborilgan va atrofidagilarga xavf tug‘dirmagan.

Eslatib o‘tamiz, fojia 16 avgust kuni 1-sonli Sterlitamak klinik shifoxonasining tug‘ruqxonasida sodir bo‘lgan. Tug‘ilgandan so‘ng ayol uchinchi qavatdagi umumiy palataga yotqizilgan. Kechki soat 17:30 larda, chaqaloqlarni ovqatlantirish uchun olib kelganda, bemor to‘satdan o‘rnidan turib, o‘sha xonada bo‘lgan ayolning yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini derazadan uloqtirib yuborgan. Bola olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi.

29 yoshli qizga nisbatan "Voyaga yetmaganni o‘ldirish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov respublika Tergov boshqarmasi rahbariyati nazorati ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!