Tramp ketgandan keyin OAVga hech qanday ish qolmadi

Tramp ketgandan keyin OAVga hech qanday ish qolmadi

Texaslik respublikachi senator Ted Kruzning fikriga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ketgandan keyin endi uning Texasdagi ofat paytida Meksikadagi Kankun kurortiga sayohat qilish qarorini tanqid qilmoqdalar.

“Menimcha, Tramp ketganidan keyin OAV azob chekmoqda, ular to‘rt yil davomida har kuni Trampga hujum qilishardi. Endi esa nima qilishni bilmayaptilar, shuning uchun men qizlarimni dengizga olib chiqqanim haqida juda ko‘p gapirmoqdalar”, dedi senator Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq senator shtatdagi favqulodda vaziyat vaqtida Meksikaga borish qarorini xato deb atagani haqida xabar berilgan edi.

AQShning bir nechta mintaqalarini noodatiy sovuq va qorli ob-havo qamrab oldi. Texas ham eng ko‘p zarar ko‘rgan shtatlar qatoriga kirdi. Qorli bo‘ronlar va boshqa ob-havo hodisalari Texas shtatining millionlab aholisiga elektr energiyasi va suvning uzilishi, shuningdek oziq-ovqat navbatlari, benzin narxlarining ko‘tarilishi va boshqa ko‘plab shu kabi noqulayliklar olib keldi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!