Tramp FQB, Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon rahbarlarini ishdan bo‘shatmoqchi

Tramp FQB, Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon rahbarlarini ishdan bo‘shatmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatga qayta saylangan taqdirda, milliy xavfsizlik sohasidagi bir necha yuqori lavozimli amaldorlarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda “Axios” o‘z manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Federal qidiruv byurosi direktori Kristofer Rey, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jina Xaspel va mudofaa vaziri Mark Esperni ishdan bo‘shatmoqchi.

Ta’kidlanishicha, rejalashtirilgan almashtirishlar ro‘yxati ancha katta, ammo ishdan bo‘shatish bo‘yicha ushbu uchta nomzod ustuvor ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Xaspel saylovda kim g‘olib bo‘lishidan qat’i nazar, shaxsan ketishni o‘ylamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!