Toshkentning 12 ta qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlari boshlandi

Toshkentning 12 ta qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlari boshlandi

Poytaxt hokimligida Toshkentning qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlarini jadallashtirish, tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar, soha mutaxassislari va davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlarini jalb qilgan holda, darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 18 oktyabrda Toshkent shahar hokimining "Toshkent shahrining 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va ularning joylashgan koordinatalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 356-14-0-Q/21-sonli qarori bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirilgan.

Yig‘ilishda Ishchi guruhi tomonidan bugungacha bajarilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Joriy yilda Poytaxtning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, 19 asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qal’a devori bilan o‘ralgan. Har bir darvoza o‘sha hududning qadimiy nomi, markaziy ko‘chaning nomlanishi yoki qaysi yo‘nalishda joylashganligiga qarab atalgan.

Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Ko‘chmas, Qo‘qon, Qashqar va boshqalar. Har bir darvozani maxsus xonada yashagan qo‘riqchi (darvazabon) nazorat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!