Toshkentdagi ochiq maydonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ochiq maydonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar FVB matbuot xizmati Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 iyun kuni soat 19:47da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa MFY, O‘zar ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t va shox shabba yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:59 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:24 da o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ochiq maydonda quruq o‘t va shox shabba yonib zararlangan. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!