Toshkentdagi masjid hovlisida bir erkakni do‘pposlashdi

Toshkentdagi masjid hovlisida bir erkakni do‘pposlashdi

Toshkent shaxri Shayxontohur tumanida joylashgan "Xo‘ja Ahror Vale" nomli masjidda g‘ayritabiiy holat yuz berdi.

Bilamizki, kishilar bu qutlug‘ dargohga gunohlardan, xatolardan forig‘ bo‘lish ilinji bilan qadam ranjida qiladilar. Halollik, chin insoniylik, komillik sifatlari shundan boshlansa, ne ajab. Shu bois ham bu maskanda hatto qattiqroq so‘zlashishdan saqlanishadi.

Ammo yaqinda sodir bo‘lgan o‘ta xunuk holatdan nafaqat masjid ahli, balki uning ostonasi-da titragandek bo‘ldi.

Qariyb o‘ttiz yoshni qarshilagan Alim Gaipov undan kichik bir so‘rash qilgan tengdoshining gapidan ayb qidirib, g‘arazgo‘ylik bilan uni kamsitishga urinadi. O‘rtada janjal ko‘tariladi. A.Gaipovga teng kelolmasligini anglab o‘zini masjid ichiga olgan mehmon M. Malikov afsuski bu bilan ham qutulmaydi. A. Gaipov shu yerda bo‘lgan ukasi B.Gaipov hamda boshqa hamtovoqlari bilan uning ortidan chopib kirib masjid hovlisida uni o‘rtaga olib do‘pposlab burnini sindirishadi.

Yaxshiyamki shu atrofda bo‘lgan IIO xodimlari falokatning oldini olishga erishishadi.

Bu yog‘i barchamizga ayon, albatta. Jinoyatchi qilmishidan pushaymon, kechirim so‘raydi. Qaytib bunday bezorilik, huquqbuzarlik qilmaslikka so‘z beradi. Ha, buning uddasidan chiqar ham. Biroq yaxshilik qancha ko‘p bo‘lsa ham oz, yomonlikning esa bittasi ham jamiyat uchun ko‘plik kiladi. Ming afsuski, bu haqiqatni bilganimiz holda ba’zan yomonlikdan xoli bo‘lishdan asrana olmaymiz. Va shuning uchun ham har bir yurtda qonun ustuvorligi muqarrar.

Shu ma’noda A.Gaipovga ham qonun o‘z so‘zini aytdi. U 1 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Albatta-da, qilmish-qidirmish!

Abdulla Abdulhayev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!