Endi bola puli va moddiy yordam tayinlash onlayn ariza orqali amalga oshiriladi

Endi bola puli va moddiy yordam tayinlash onlayn ariza orqali amalga oshiriladi

Ushbu qulaylikdan oilasida 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

Endi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin, deya xabar bermoqda my.gov.uz.

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam ta’minlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lganga qadar), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:

my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
tegishli xizmatni tanlashi;
undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.
Xizmatdan foydalanish bepul.

Ariza "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.

"Bunda ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi. Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!