Muqaddam bir necha marotaba sudlangan "soxta operator" qayta jinoyatga qo‘l urdi

Muqaddam bir necha marotaba sudlangan "soxta operator" qayta jinoyatga qo‘l urdi

Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi (ayol) A.SH. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 28 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi muqaddam 8 marta sudlangan 26 yoshli K.D. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, jabrlanuvchi K.D., jabrlanuvchi A.SH.ga o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga onlayn kredit rasmiylashtirishda yordam beraman deya, soxta havola yordamida uning “TBS bank” ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, ro‘yxatdan o‘tgan va 28 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Bundan tashqari, K.D. asosan telegram messenjeridagi “TBC BANK”, “AGROBANK 24/7”, “Nikain_tm” nomli telegram profillaridan fuqarolarga xabar yozib hamda qo‘ng‘iroq qilib o‘zini “Muzaffar” hamda “Jamshidbek” deb tanishtirganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan K.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!