O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqaradi

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqaradi

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasining final qarama-qarshiligi 2 uchrashuvdan iborat bo‘ladi. G‘arb va Sharq mintaqasidan OCHL finaliga “Al-Ayn” hamda “Yokohama Marinos” yo‘l olgan.

Ikki klub o‘rtasidagi hal qiluvchi 2-final bahsini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilganini e’tirof etish lozim. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. Shuningdek, yana bir hakamimiz Sanjar Shoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan:

Hakamlar:
Bosh kaham:
Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira va yordamchi zaxira hamkamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar Shoyusupov
VAR va AVAR hakamlari: Fu Ming, Sivakorn Pu-Udom


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!