Xalqaro ekspertlar ishtirokida Islom moliyasiga doir seminar bo‘lib o‘tdi

Xalqaro ekspertlar ishtirokida Islom moliyasiga doir seminar bo‘lib o‘tdi

Markaziy bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda bir qator xorijiy mamlakatlarning KPMG xalqaro auditorlik va konsalting korporasiyasi ekspertlari bilan hamkorlikda Islom moliyasining tamoyillari, mahsulotlari va amaliyotlari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ekspertlar Islom moliyasining kelib chiqishi, shariatga asoslangan me’yoriy-huquqiy baza, islom banki operasiyalari va risklarni boshqarish hamda ushbu sohaning kelgusida jahon iqtisodiyotidagi o‘rniga oid taqdimotlar orqali mavzuni batafsil muhokama qildilar.

Bundan tashqari seminarda mavzuga oid amaliy tajribalardan misollar keltirildi va Islom moliyasidagi eng dolzarb savollar muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!