Avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchalariga jarima qo‘llanildi

Avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchalariga jarima qo‘llanildi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Toshkent viloyati nazorat inspeksiyasi tomonidan «S.Z» MCHJda (nomi o‘zgartirilgan) tekshirish o‘tkazildi. Natijada ushbu avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasi tomonidan 171 974 695 so‘mlik muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizasiya qilingani aniqlandi.

Jizzax viloyati nazorat inspeksiyasi tomonidan «K.L» MCHJda (nomi o‘zgartirilgan) o‘tkazilgan tekshirishda ham shu kabi holat aniqlandi. Ya’ni avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasi tomonidan muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizasiya qilingan.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq, jamiyatga 71 mln. so‘m miqdorda moliyaviy jarima rasmiylashtirildi.

Shuningdek, «SH.X» MCHJda (nomi o‘zgartirilgan) o‘tkazilgan tekshirishda avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasi tomonidan muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizasiya qilish holatlari aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq, jamiyatga 65 mln. so‘m miqdorida moliyaviy jarima rasmiylashtirildi.

Muvofiqlik sertifikatsiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizasiya qilinishini taqiqlash va mahsulotni sertifikatlashtirish yuzasidan yozma ko‘rsatma berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!