Netanyaxu AQSh taklifini rad etdi

Netanyaxu AQSh taklifini rad etdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Saudiya Arabistoni bilan kelishuv doirasida Falastin davlatini yaratish masalasini muhokama qilishdan bosh tortdi.

Londonda chiqadigan arab tilidagi Saudiyaning "Elaph" gazetasiga amerikalik yuqori martabali manbaning aytishicha, Netanyaxu Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi xavfsizlik kelishuvining bir qismi sifatida Falastin davlatini yaratish masalasini muhokama qilish taklifini rad etgan.

Nashrning qayd etishicha, ikki davlat Ar-Riyodni Erondan himoya qilish, shuningdek, uning hududida yadro energetikasi loyihasini amalga oshirishni kafolatlovchi kelishuvni imzolash bosqichida. Bu kelishuv, qayd etilishicha, Jo Baydenning saylovoldi dasturining muhim qismidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!