"Barselona"ning yozdagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

"Barselona"ning yozdagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

Mavsum oxirida "Barselona" birinchi navbatda tayanch yarim himoyachisi pozisiyasini mustahkamlamoqchi.

"Ko‘k-anorranglilar"ning ustuvor yo‘nalishi 2025 yilning yozida erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Yozua Kimmix bo‘ladi.

29 yoshli "Bavariya" yarim himoyachisi "Barsa"ni o‘zining texnik va taktik qobiliyati, jismoniy imkoniyatlari va eng yuqori darajadagi o‘yin tajribasi bilan o‘ziga tortadi.

Kataloniyaliklar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda "Betis"dan 30 yoshli Gvido Rodriges turibdi, u bilan allaqachon og‘zaki kelishuvga erishilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!