Ferran Torresning Robert Levandovskidan jahli chiqqan

Ferran Torresning Robert Levandovskidan jahli chiqqan

Ispaniya chempionatining 33-turida “Barselona” “Valensiya” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 94-daqiqasida Robert Levandovski jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va het-trik qayd etdi.

Jarima zarbasini nafaqat polshalik hujumchi, balki Ferran Torres ham tepmoqchi bo‘lgan. Levandovski to‘pni bermagach, ispaniyalik futbolchining bundan jahli chiqqan. Hakam hushtagi yangragach, Torres tribunadagi muxlislarga minnatdorchilik bildirish o‘rniga, darhol kiyim almashtirish xonasiga kirib ketgan.

Ferran joriy mavsum La Ligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Torres 2023 yilning sentyabr oyida jarima zarbasidan gol urgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!