Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Valyuta  ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.A.( muqaddam sudlangan) va boshqalar jami 4 700 AQSh dollarini fuqaro S.D.ga 59,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.S. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 3 650 AQSh dollarini fuqaro K.M.ga 46,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 64 350 Rossiya rubli, 450 AQSh dollari va 174,4 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.K. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro N.I.ga 44,6 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 900 AQSh dollarini berib, 44,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.J. jami 3 400 AQSh dollarini fuqaro X.R.ga 43,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!