Rossiya Ukraina energetika tizimining yarmini vayron qildi

Rossiya Ukraina energetika tizimining yarmini vayron qildi

«Rossiya raketa hujumlari bilan Ukraina energetika tizimini vayron qilmoqda», dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Foreign Policy nashriga bergan intervyusida.

«Rossiya ballistik raketalari bu urushning haqiqiy ofatidir. So‘nggi paytlarda ular asosan energiya tizimimizni yo‘q qilish uchun ishlatildi. Agar boshqa mamlakat bunday energiya halokatidan jabr ko‘rsa, u ancha yomonroq ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lardi. Biz ko‘p narsalarni o‘rganganimiz uchun ushlab turamiz. Biz qat’iyatlimiz. Lekin tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak, energiya tizimimizning yarmi shikastlangan. Biz hali ham mamlakatni boshqarishimiz, harbiy amaliyotlar o‘tkazishimiz va butun dunyodan yordam yig‘ishimiz kerak», — dedi ukrainalik vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!