Namanganda “migalka” qo‘yib harakatlangan to‘y korteji ishtirokchilari jarimaga tortildi

Namanganda “migalka” qo‘yib harakatlangan to‘y korteji ishtirokchilari jarimaga tortildi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Namangan viloyatida yo‘l harakati qoidalarini buzgan to‘y korteji yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda guruh bo‘lib, turli xavfli manyovrlar bilan harakatlangan hamda avtomobiliga ruxsat etilmagan maxsus qurilma (migalka) o‘rnatgan haydovchilarning videosi tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, videodagi holat 2023 yilning yozida Namangan viloyatida sodir bo‘lgan. FHDYoga yo‘l olgan to‘y korteji turli xavfli manyovrlarni amalga oshirgan.

Video Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu qoidabuzarliklarni sodir etgan haydovchilarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan, avtomobillar esa jarima maydoniga joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!