Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zbekistonda ustuvor investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sheriklikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi.

Mamlakatimizda energetika tarmog‘ini rivojlantirishga eng ko‘p investisiya kiritgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan samarali hamkorlik qilinayotgani ta’kidlandi.

Bu galgi forum doirasida “yashil” energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va farmasevtika sohalarida 18 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanadi.

Shuningdek, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ilgari surish zarurligi qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!