Sikorskiy Yevropa “qurolli brigadasi”ni yaratishni taklif qilmoqda

Sikorskiy Yevropa “qurolli brigadasi”ni yaratishni taklif qilmoqda

Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Yevropa Ittifoqiga qo‘shni mintaqalarda sodir bo‘lajak voqealarga AQSh ishtirokisiz, tezkorlik bilan javob berish uchun Yevropa “qurolli brigadasi”ni yaratishni taklif qilmoqda.

"Men Yevropa Ittifoqining qurolli brigadasi tuzilishishi tarafdoriman, bu Ittifoqqa har qanday favqulodda vaziyatda AQShdan o‘z imkoniyatlarini taqdim etishni so‘ramasligi uchun darhol javob berish imkoniyatini beradi", — deya ta’kidladi Sikorskiy TVP World'ga bergan intervyusida.

"Bolqon yoki Shimoliy Afrikadagi voqealar Yevropa Qo‘shma Shtatlarga murojaat qilmasligi kerak bo‘lgan holatlarga misoldir", — deya qo‘shimcha qildi Polsha TIV rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!