Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki O‘zbekistonda 2,58 mlrd dollarlik 12 ta loyihani moliyalashtiradi

Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki O‘zbekistonda 2,58 mlrd dollarlik 12 ta loyihani moliyalashtiradi

O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki vise-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti sohalarida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq qilish jarayoni hamda 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqqan.

Dastur doirasida yashil energetika, suv ta’minoti, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va infratuzilmaviy rivojlanish kabi jami 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyihani moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

Sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan AIIB Boshqaruvchilar Kengashining 9 yillik yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Hozirgi kunda bank ishtirokida davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, suv ta’minoti va kanalizasiya, energetika, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi tarmoqlarda umumiy qiymati 2,57 milliard dollarlik 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!