Davlat departamenti Gruziyaga tahdid qildi

Davlat departamenti Gruziyaga tahdid qildi

Gruziya parlamenti tomonidan ilgari surilgan «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonun loyihasi va Gruziya rasmiylarining G‘arbga qarshi ritorikasi Gruziyaning Yevroatlantika integrasiyasiga tahdid solmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti bayonotida aytiladi.

«Ushbu qonun loyihasi va Gruziya orzusining G‘arbga qarshi ritorikasi Gruziyani xavfli traektoriyaga solmoqda. Gruziya hukumatining bayonotlari va harakatlari Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zolik asosidagi demokratik qadriyatlarga mos kelmaydi va shu tariqa Gruziyaning Yevroatlantika integrasiyasi yo‘lini xavf ostiga qo‘yadi», — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Unda qayd etilishicha, «qonunning maqsadi tanqidchilarning ovozini o‘chirish va Gruziyaning faol fuqarolik jamiyatini yo‘q qilishdir».

«G‘arbning Gruziyaga 32 yildan beri iqtisodiy rivojlanish va demokratiya sohasida ko‘rsatayotgan yordami rasmiy Tbilisi tomonidan noto‘g‘ri tavsiflangan, bu Gruziya hukumati va xalqi bilan o‘rnatgan mustahkam munosabatlarimizni tubdan buzadi», — deyiladi hujjatda.

Davlat departamenti «tinch namoyishchilarga, jumladan jurnalistlarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilishini» qoraladi va hukumatni «tinch namoyishchilarga so‘z erkinligi huquqidan foydalanishda davom etishlariga ruxsat berishga» chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!