Toshkentda YPX inspektori mashinasi bilan daraxtga urildi

Toshkentda YPX inspektori mashinasi bilan daraxtga urildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xizmat avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqidagi xabar tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

2021 yil 8 yanvar kuni taxminan soat 23.30 larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant Ortiqboy Isakulov, davlat raqami 01 661 VSC bo‘lgan xizmat transport vositasini Yashnobod tumani Paxlavon Maxmud ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida avtomobil balloniga mix kirib qolgan. Natijada haydovchi transport vositasining boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlanganlar yo‘q, xodimlar xushyor holatda bo‘lishgan.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!