Soliq qo‘mitasi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Soliq qo‘mitasi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 29-aprel kuni Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Sadullayev va “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali vakillari uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda U.Sadullayev mehmonlarga soliq tizimida kadrlar malakasini oshirish va soliq sohasida ta’lim olayotgan talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘nalishida olib borilyotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida yuqori bilimlarga ega, zamonaviy o‘zgarishlarga moslashuvchan kadrlarni yetishtirishda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha mazkur ta’lim dargohi salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Konstruktiv muloqot davomida o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari kelishib olindi.

Soliq qo‘mitasi hamda “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Har ikki tomon vakillari ushbu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, uzoq muddat davom etishiga ishonch bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!