Toshkentda V Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi

A A A
Toshkentda V Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi

"Toshkent-2025" yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining "Toshkent-2025" yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida hukumatning "2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan "Toshkent-2025" yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Xususan, dasturga ko‘ra Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vakillarini O‘zbekistonga tashrifi va ularni O‘yinlarni o‘tkazish ob’ektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek:

  • IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;

  • O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha boshqaruv kengashi tarkibi;

  • O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha direksiya mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!