Toshkentda "Tracker" va "Cobalt" to‘qnashdi

Toshkentda "Tracker" va "Cobalt" to‘qnashdi

2022 yil 17 may kuni soat 18:00 larda Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Qumariq ko‘chasida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan I.A. "Tracker" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!