Toshkentda dehqon bozoridan omborxona sotmoqchi bo‘lgan “ishbilarmon”ga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda dehqon bozoridan omborxona sotmoqchi  bo‘lgan “ishbilarmon”ga sud hukmi o‘qildi

Firibgarlar tuzog‘iga tez-tez ilinib qolishning sabablari ko‘p, albatta. Chunki firibgar ne-ne nayranglarni o‘ylab topmaydi, birovning ishonchiga kirish uchun qancha hiylalarni o‘ylab topmaydi, deysiz.

Umrining qirqinchi bahorini qarshilagan Dilshod Asadov (ism shariflar o‘zgartirilgan)  ham shular sirasidan. Toshkent shahridagi “Dehqon bozori” laridan birida tozalik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, Doniyor Eshonovga “Dehqon bozori” AJ hududidan omborxona ajratib berishni va’da qilib, unga bozor hududida mavjud bo‘lgan aslida omborxona sifatida foydalanish imkoni bo‘lmagan tarozi xonani ko‘rsatib, D.Eshonovning ishonchiga kirib, buning evaziga 1.700 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini so‘rab, D.Eshonovdan 2020 yil mart oyining boshida 400 AQSh dollarini va 2020 yil 15 may kuni 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan “Dehqon bozori” AJ hududida olgan.

Shundan so‘ng, D.Eshonov,  ishbilarmon D.Asadov tomonidan omborxona sifatida foydalanish uchun berishi kerak bo‘lgan tarozi xonani ko‘zdan kechirib, ushbu tarozi xona elektron tarozilarni saqlash uchun maxsus jihozlanganligi va omborxona sifatida foydalanishning imkoni yo‘qligi ko‘rib, D.Astanovning bergan va’dalari hamda uning harakatlaridan shubhalanib, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Dilshod Asadov 2020 yil 24 may kuni  Toshkent shahrida joylashgan “Dehqon bozori” AJ oldida D.Eshonovdan 1.700 AQSh dollaridan qolgan 1.100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlanib, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan egallash jinoyatini oxiriga yetkaza olmay, ushbu jinoyatni sodir etishga suiqasd qilgan.

Sud, davlat ayblovchisining xulosasini, advokatning fikrini tinglab, sudlanuvchi D.Asadovning aybi o‘zining to‘liq iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatuvi, jabrlanuvchining ko‘rsatuvi, jabrlanuvchi D.Eo‘onovning arizasi, tezkor tadbir o‘tkazish, narsani ko‘zdan kechirish, pullarni qayd etish, “Sony” rusumli ovoz yozish moslamasi taqdim etish hamda ularni qayd etish to‘g‘risida, jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan zararni o‘z ixtiyori bilan topshirish bayonnomalari, tilxat, audio yozuvni eshitish va stenogramma qilish bayonnomalar, tushuntirish xatlari, sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasi, voqea joyini ko‘zdan kechirish, yuzlashtirish bayonnomalari va jinoyat ishida to‘plangan boshqa dalillar bilan isbotlangan deb hisoblab, sudlanuvchiga  nisbatan u ayblanayotgan modda sanksiyasi doirasida jarima jazosini tayinlanib, mazkur jinoyatning payi qirqildi.

 

Bahriddin Ikramov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar,

Yashnobod tuman sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!